Fernandesh MYUning yaqin o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
28 dek 2021, 15:54
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Byornli"ga qarshi APL 20-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Futbolchi "Nyukasl"ga qarshi o'yinda sariq kartochka oldi.

Bu ogohlantirish portugaliyalik uchun mavsumdagi beshinchisi bo'ldi. Shunday ekan, u sariq kartochkalar yig'ilib qolgani sabab APL doirasidagi bitta o'yinni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" - "Byornli" o'yini 30 dekabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia