Ferdinand - MYUning o'yini haqida: "Bolalar haqiqiy erkaklarga qarshi o'ynagandek"

Mirjalol Normatov
25 okt 2018, 00:29
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "qizil iblislar"ning "Yuventus"ga qarshi o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinni qisqacha tariflaydigan bo'lsak, bolalar haqiqiy erkaklarga qarshi o'ynadi. "Yuventus" har bir jabhada - o'yinga tayyorlikda, munosabatda, harakatchanlik, aniqlik va to'p bilan ishlashda raqibidan ustunlik qildi.

To'p bilan bo'lishda ikki jamoada katta farq ko'rindi. "Yuventus" futbolchilari o'yinni to'g'ri tushundi va nazorat qildi. Ular haqli ravishda g'alabaga erishishdi", - dedi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports