Ferdinand: "Enrike Dembeleni superyulduzga aylantirdi, u Mbappedan ham muhimroq futbolchi bo'lib oldi"

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025, 20:00
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand PSJ hujumchisi Usmon Dembele haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz Luis Enrikening ishini alohida takidlashimiz kerak. U Dembeleni superyulduzga aylantirdi. Usmon jamoa uchun Mbappedan ko'ra muhimroq bo'lib qoldi. Uning mahorati va mehnatkashligi hozir yangi bosqichga chiqdi. Agar u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, yoshlarga o'rnak bo'ladi", – dedi Ferdinand.

Dembele kecha "Real" bilan Klublar o'rtasidagi JCH yarim finalida gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Parijliklar "qirollik klubi"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/rioferdy5