"Fenerbaxche" Genduzini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026, 12:57
Turkiya klubi 26 yoshli yarim himoyachining "Lacio"dan transferini e'lon qildi.

Tomonlar 4,5 yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq kelishuv bonuslar bilan birga 29 mln evroga baholanishi haqida xabar berilgandi.

Genduzi ushbu mavsum A Seriyada 15 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fenerbahce.org