Fellayni Belgiya terma jamoasining Italiya va Ispaniyaga qarshi bahslarini o'tkazib yuboradi
Aslanov Jasurbek
9 noya 2015, 14:23
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellayni jarohat tufayli Belgiya terma jamoasining Ispaniya va Italiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi.
Ma'lum bo'lishicha, "Ostende" himoyachisi Jordan Lukaku ham shikastlanish tufayli terma jamoaga chaqirilmadi. Lukaku va Fellaynining o'rnini "Gent" yarim himoyachisi Sven Kums va "Everton" hujumchisi Kevin Miralyas egallaydi.