

"Hissiyotlar ajoyib. Meni kutib olgani chiqqan minglab ishqibozlarga o'zimni minnatdorchiligimni bildiraman. Men ularni ko'rib qaysi jamoaga o'tganimni tezda tushunib etdim. Men endi butunlay jamoam va murabbiy ixtiyoridaman. Buffon? Men har doim aytganman, Buffon butun futbol olami uchun ajoyib namuna. Jiji Jahon chempionatida g'olib chiqqan. Endilikda esa u menga ham klubda, ham terma jamoada sardorlik qiladi. Bu shunchaki zo'r. Fino alla fine, Forza Juventus!", - deydi Bernardeski.



