

Kanada klubi yaqin kunlarda 28 yoshli erkin agent maqomidagi italiyalikning o'tishini e'lon qiladi.
Bernardeski 2017 yilning iyulidan beri "Yuventus"da o'ynayotgandi. O'yinchi Turin klubini 30 iyunda erkin agent maqomida tark etdi.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Toronto" oldinroq ikki italiyalik bilan shartnoma imzolagan edi: himoyachi Domeniko Krishito va hujumchi Lorenco Insine.



