Fati yana operaciya qilinishi mumkin. U yaqinda safga qaytgandi

Aziz Tukhtamuradov
22 yanv 2022, 07:51
"Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fatining holati haqida ma'lumot berildi.

Tekshiruv natijalariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi chap oyog'idan jarohat olgan. Uni davolash uslubi bo'yicha yaqin kunlarda bir qarorga kelinadi. 

As nashri xabariga ko'ra, futbolchi uchun muntazam ravishda muammo tug'ldiradigan soni operaciya qilinishi mumkin. "Barsa" shifokorlari va murabbiylar shtabi operaciya tarafdori. Fati va uning ota-onasi bilan gaplashgandan so'ng, bu bo'yicha aniq qaror qabul qilinadi. 

U yana ikki oy maydonga tusha olmasligi mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS