Farhod Sohibjonov: "Kubokda zafar quchishni maqsad qilganmiz"

Абдулвосит Бектемиров
27 iyun 2024
Superliga 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng "Andijon" futbolchisi Farhod Sohibjonov saytimizga intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz.

- Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi g'alabada muxlislarning hissasi juda katta. Bugun g'alabaga loyiq O'yin ko'rsatdik va g'alaba qozondik.

- "Andijon" mavsumni ajoyib tarzda boshlagandi, lekin keyinchalik ketma-ket 7 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Ushbu noxush seriya aynan "Navbahor" qarshi uchrashuvda yakunlanishiga nima sabab bo'ldi?

- Aniq bir sabab ko'rsata olmayman. Menimcha, shunchaki omadimiz kelmadi. Superliga hali beri yakunlanmaydi. Natijalarni yaxshilashga vaqt etarlicha. "Andijon" hali o'z so'zini aytmadi.

- "Andijon" o'tgan mavsum ham o'z o'yida "Navbahor"ni mag'lub etgandi. Vodiy derbisiga alohida tayyorgarlik ko'rilmoqdami?

- Bizning muxlislarimiz bor ekan, hech qaysi jamoadan qo'rqmaymiz. Har bir o'y uchrashuvida g'alaba qozonishga intilamiz.

- "Andijon" keyingi uchrashuvda "Olimpik"ga qarshi o'tkazadi. Kubok doirasida kechadigan bahs haqida fikr bildirib o'tsangiz. "Andijon" kubokda qaysi bosqichga borishni maqsad qilgan?

- O'zbekiston kubogida chempionlikni maqsad qilganmiz. Yaxshi niyatimizga yarasha o'yin namoyish etishimiz kerak.

- Evro-2024ni kuzatib boryapsizmi? Qaysi terma jamoaga muxlislik qilyapsiz? Qaysi jamoa chempionlikni qo'lga kiritadi?

- Bunday musobaqani kuzatmaydigan futbolchi bo'lmasa kerak. Yevropa birinchiligida Fransiya terma jamoasining imkoniyatini yuqori baholayman.



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia