Farhod Safarov: "Bosh murabbiyning yo'qligi albatta ta’sir qiladi"

Tolibjon Qosimov
4 mar 2017, 18:57
"Navbahor" - "Obod" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning birinchi qismida "Obod" direktori Farhod Safarov ishtirok etdi.
"Avvalo "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. Namangan xalqini kelayotgan Navro'z bayrami bilan qutlaymiz. O'yin boshida tezkor gol o'tkazib yubordik. Chempionatning boshida o'ynash doim og'ir. 3-4ta o'yindan keyin barchasi o'z iziga tushib ketadi.

Bilasizlar Rauf Inileev oyog'ini operaciya qildirgani uchun hozir tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Shu bois Namanganga kela olmadi. Uning yo'qligi albatta jamoaga ta’sir qildi.

Shaxsiy fikrim, bugun maydon bizning jamoa uchun og'ir bo'ldi. Futbolchilarimning qanday yugurishini bilaman, ammo negadir bugun ularga maydon bosimi ta’sir qildi deb o'ylayman. Shohruz Norxonovning jarohati jiddiy emas, u keyingi o'yinlarda maydonga tushadi", - deydi Farhod Safarov.

"Obod" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia