Fantastika! "Boka Xuniors" mashg'ulotiga 49 ming muxlis tashrif buyurdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018, 11:45
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi "River Pleyt"ga qarshi bo'ladigan Libertadores Kubogi ikkinchi finalidan oldin ochiq mashg'ulot o'tkazdi.

"Boka" futbolchilarining mashg'ulotini ko'rish uchun 49 ming muxlis stadionga tashrif buyurdi. "Boka Xuniors" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Bombonera" arenasiga 57 ming ishqiboz sig'adi.

Eslatib o'tamiz, "River Pleyt" hamda "Boka Xuniors" o'rtasidagi Libertadores Kubogining ikkinchi finali 24 noyabr kuni bo'lib o'tadi.





O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gettyimages.com