

Dastlabki turda "Olimpik"dan mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Paxtakor" Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ldi. "Sherlar" mavsumdagi ikkinchi uchrashuvlarida ham raqibga uch ochko sovg'a qilishga majbur bo'ldi.
Shu tariqa, "Paxtakor" o'z tarixida birinchi marotaba chempionatni ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshladi. Ma'lumot uchun, jamoa keyingi o'yinni o'z maydonida "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi.



