Fakt! Oxirgi ikki yilda Quvvatov darvozasiga 10 marta penalti belgilandi va ularning yarmi golga aylanmadi

Narzulla Saydullayev
14 may 2023, 09:10
Kecha Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi (1:0).

Uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida mezbonlar posboni Sanjar Quvvatov penaltidan yo'llangan zarbani qaytara oldi.

Shunday qilib, Quvvatov bu mavsum Superligada o'z darvozasi tomon belgilangan 6ta penaltining 3tasini qaytarishga erishdi.

O'tgan yil Quvvatov darvozasi tomon Superligada 4 marta 11 metrli jarima zarbasi belgilangandi va posbon ikki bor jamoasini goldan qutqarib qolgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia