

Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Shu tariqa "Lokomotiv"ning Superligadagi g'alabasiz o'yinlari 7, "Qo'qon-1912"niki esa 13ta o'yinga etdi. Poytaxt klubi so'nggi bor 14-turda o'z maydonida "Qizilqum"dan ustun kelgandi. Qo'qonliklar esa 8-turda "Lokomotiv"ni yutgan edi.



