FA Rednappning futbolchilar o'z o'yiniga pul tikishi haqidagi so'zlarini o'rganib chiqadi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2016, 14:46
Angliya futbol assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoasi sobiq ustozi Garri Rednappning yashirin kamera suratga olgan gaplari borasida tekshiruv o'tkazadi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, u boshqargan klublardan birida futbolchilar o'z o'yinlariga pul tikkan.

FA to'liq suhbatni kutmoqda va kelasi haftada Angliya policiyasi bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Angliya futbol assotsiatsiyalari qoidalarida futbolchilar o'zi ishtirok etadigan o'yinlarga pul tikmasligi belgilab qo'yilgan. Agar murabbiylar bundan xabar topishsa, FAga murojaat qilishlari shartligi ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports