

Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino FIFAning yil oxirigacha jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish niyati borligini ma'lum qilgandi. 22 sentyabr kuni Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) ushbu tashabbusni tanqid qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, 12 dan ortiq assotsiatsiya UEFAga FIFAdan chiqish niyati haqida xabar bergan. FIFA nizomiga ko'ra, har qanday assotsiatsiya kalendar yili tugashidan olti oy oldin xabar berish orqali tashkilotdan chiqib ketishi mumkin.



