Yevropa ligasida hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2023, 08:11
UEFA Yevropa ligasining 1/4 finali dastlabki o'yinlari yakuniga ko'ra, haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, quyidagi futbolchilar eng yaxshi bo'lishlari mumkin: 

"Yuventus" himoyachisi Federiko Gatti - "Sporting" bilan o'yinda gol urdi (1:0).

"Yunion" hujumchisi Viktor Bonifase - "Bayer"ga qarshi o'yinda gol urdi (1:1).

"Feyenoord" futbolchisi Orkun Kekchyu - "Roma"ga qarshi o'yinda (1:0) paslar aniqligi 82 foizni tashkil etdi.

"Manchester Yunayted" futbolchisi Marsel Zabitcer - "Sevilya"ga qarshi o'yinda (2:2) dubl qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA