Yevropa ligasi yarim finallarida ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2019, 15:49
UEFA rasmiy sayti Yevropa ligasi ligasining birinchi yarim final o'yinlarida ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

"Ayntraxt" - "Chelsi" uchrashuvi Karlos Del Sorro boshchiligidagi ispaniyalik hakamlar tayinlandi. Del Serroga qanotlarda Xuan Yuste, Roberto Alonso yordam beradi. Videoassistentlar Xesus Xil Mansano va Xose Sanches. To'rtinchi referi Raul Kabanero.

Kleman Tyurpen boshchiligidagi fransiyalik hakamlar "Arsenal" - "Valensiya" o'yinida ishlaydi. Qanot hakamlari Nikolya Dano va Siril Gringor. To'rtinchi referi Xisham Zakrani. VAR tizimi hakamlari - Benau Basten va Ryuddi Byuke.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA