

Al Ahli klubi ispaniyalik 21 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.
Avvalroq, Veygaga Barselona, Manchester Siti, PSJ, Napoli Liverpul va Chelsi qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.
Gabriel o'tgan mavsum La Ligadagi 36 o'yinda 11ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Jidda klubi bungacha Riyod Mahrez, Roberto Firmino, Allan Sen-Maksimen, Frank Kessi va Eduar Mendi bilan shartnoma imzolagandi.


