Manba: Ispaniyalik iqtidor "Al Ahli"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023
Jurnalist va insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Selta" yarim himoyachisi Gabriel Veyga "Al Ahli" a'zosiga aylandi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolagan. Kecha ispaniyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi, shundan so'ng kerakli hujjatlar imzolandi.

Yevropaning yetakchi jamoalari iqtidorli yarim himoyachiga davogarlik qilishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano