"Al Nassr"ga qarshi o'yindan keyin "Al Ahli" yarim himoyachisi kiyinish xonasi oldida Krishitianu Ronalduni kutib turgan
Omonjon To`xtamirzayev
25 sen 2023, 13:22
"Al Axli" yarim himoyachisi Gabriel Veyga "Al Nassr" bilan o'yindan keyin qo'lida smartfon bilan raqib kiyinish xonasi oldida hujumchi Krishtianu Ronalduni kutib turgan.
Ma'lum qilinishicha, xavbek portugaliyalik bilan rasmga tushib olish maqsadida bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik iqtidor shu yil yozda "Selta"dan Saudiya Arabistoni klubi safiga borib qo'shilgandi.