Evro-2020. Portugaliya – Germaniya. "Nemis mashinasi"ning 4 ta golida bevosita qatnashgan futbolchi "bahs yulduzi" deb topildi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2021, 23:54
Yevropa chempionati "F" guruhi 2-turi doirasidagi Portugaliya – Germaniya uchrashuvi (2:4) o'tkazildi.

Germaniya himoyachisi Robin Gozens dramatik o'yinning eng yaxshi futbolchisi deya topildi va "star of the match" ("bahs yulduzi") mukofotini qabul qilib oldi.

"Atalanta" a'zosi Gozens "nemis mashinasi"ning 4 ta golida bevosita qatnashdi. Gozens 62-daqiqada almashtirildi. U o'z hisobiga gol va golli uzatmani yozib qo'ydi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia