Evra APL chempionlik poygasi favoritlarini aytdi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022, 11:43
Fransiyalik 2 ta klubni tanladi.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Patris Evra Angliya Premer-ligasi joriy mavsumida chempionlik poygasi favoritlarini sanadi.

"Bizni oldinda yana ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Odatda dekabrgacha hammasi oydinlashadi derdim, lekin bu safar Jahon chempionati bo'ladi, shuning uchun g'alati holat kuzatilmoqda. Menimcha, "Manchester Siti" va "Liverpul" hali ham chempionlik poygasining asosiy favoritlari bo'lib qolmoqda, ammo qolganlarni ham hisobdan chiqarmaslik lozim", – dedi fransiyalik.

"Manchester Siti" hozirda APL turnir jadvalida 2-o'rinda, "Liverpul" esa 8-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror