

“Jiruning yagona muammoasi bu uning familiyasidir. Agar u Jirudino bo'lganida, uni hamma yaxshi ko'rgan bo'lardi. Fikrimcha, u “Chelsi”ning ayni vaqtdagi eng mahoratli hujumchisi. Unga nisbatan etirozlar bo'layotganiga tushunmayapman, hatto Fransiya termasida o'ynayotganida ham shunday. “Arsenal”da ham u doimiy tanqidlarga duch kelardi.
Olive doimo qiyinchiliklarni qabul qiladi va uning bu harakati menga yoqadi. Agar murabbiy bo'lganimda va Jiru jamoamda bo'lganida, u yuz foiz o'ynagan bo'lardi. Har mavsum uning transferi to'g'risida mish-mishlar tarqaladi, ammo hozirda u “Chelsi”ning eng yaxshi forvardi hisoblanadi”, deydi Evra.



