"Everton" rahbariyati Lempardning iste'fosi jamoaga APLda qolishga yordam berishiga ishonmayapti

Alisher
8 apr 2022, 18:01
"Everton" rahbariyati jamoaning Angliya Premer-ligasi (APL)dagi holatidan xavotirda.

Rahbariyat bosh murabbiy Frenk Lempardning iste'fosi klubga APLda qolishga yorda berishiga ishonmayapti.

Qayd etish kerakki, bu "Everton" natijalardan qatiy nazar mavsum so'nggiga qadar murabbiy bilan hamkorlik qilishini anglatmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Everton" 29 o'yindan so'ng 25 ochko jamg'argan holda jadvalda 17-o'rinda bormoqda. Lempard shogirdlari 9 aprel kuni "Manchester Yunayted" bilan bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports