Eshitdik-da! "Turon" ganalik hujumchi bilan kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2021, 10:05
"Turon" jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Eshitishimizga qaraganda, klub ganalik hujumchi Kvame Karikari bilan kelishuvga erishgan. 1992 yilda tug'ilgan futbolchi bunga qadar bir qator nomdor jamoalarda to'p tepgan. Xususan, Shvetsiyaning AIK, "Xalmstad",  Qozog'istonning "Irtish", Qatarning "Al Arabi", Ozarbayjonning "Neftchi", Gruziyaning "Dinamo Tbilisi", Isroilning "Xapoel" jamoalari sharafini himoya qilgan. Karikari tez orada "Turon" safiga kelib qo'shiladi.

Forvard Gana yoshlar terma jamoasida 2ta o'yin o'tkazgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia