

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, futbolchiga Koreya K2 ligasining ikki klubi qiziqish bildirgan. Hozirda tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Agarda muzrokaralar ijobiy yakun topsa, O'rinboevni yangi mavsumda legioner sifatida ko'ramiz. Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz futbolchi uchun xorijda to'p tepish begona holat hisoblanamaydi. U o'z vaqtida Yaponiya J liga 2da harakat qiladigan "Tokusima Vortis" klubida faoliyat olib borgan, lekin birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. O'tgan mavsum "Navbahor" jamoasi safida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi.



