Eshitdik-da! Usmon Toshevga uchta o'yinni yutish sharti qo'yilgan

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2017, 18:31
Bizgacha yetib kelgan gap-so'zlarga qaraganda, "Andijon"ning yangi bosh murabbiyi Usmon Toshev oldiga uchta o'yinda g'alaba qozonish sharti qo'yilgan.
Kecha andijonliklar safarda "Istiqlol" mehmoni bo'lib, 1:1 hisobida durang o'ynashdi.

Shunday qilib Usmon Toshev "Andijon"dagi debyutini durang bilan boshladi. Ma'lumot uchun, ushbu mutaxassis "Nasaf-2" - "Andijon" 4:1 o'yinidan keyin jamoani qabul qilib olgandi.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" navbatdagi ikkita turni o'z maydonida "Yangier" (23 iyun) va "NBU-Osiyo" (27 iyun) klublariga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia