Eshitdik-da! "Surxon" - "Mashal" va AGMK - "Surxon" uchrashuvi hakamlari jazolandi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2020
Coca Cola Superligasi 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" va 5-turidan o'rin olgan AGMK - "Surxon" uchrashuvlarida ishlagan qanot hakamlari jazolandi.

Eshitishimizga qaraganda PFL mazkur o'yinlardagi hakamlikni ko'rib chiqish uchun O'FAga murojaat qilgan. Sababi hakamlarni O'FA tayinlaydi, hakamlarga o'yinlar uchun pulni esa PFL to'laydi.

Klublar etiroz bildirishmagan bo'lsa-da PFL shubhali qarorlar qabul qilingan o'yinlarni tekshirish borasida O'FAga murojaat qilgan, natijada yuqoridagi ikki o'yinda ishlagan qanot hakamlari bir nechta o'yinga chetlatilgan va gonorarlari kesilgan.

Aynan qaysi hakamlar va qaysi xatolari uchun chetlatilgani hozircha bizga ma'lum emas. O'FA bu borada hozircha rasmiy ma'lumot bergani yo'q.


SURXON – MASH'AL 2:2
Termiz. “Surxon” sport majmuasi
Hakamlar
: Akobirxo'ja Shukrullaev, Ruslan Serazitdinov, Sardor Nishonboev, To'rabek Suyunov.
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Axmed Tillaev

AGMK – SURXON 1:0
Olmaliq. OKMK sport majmuasi
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Abdurashid Xudayberganov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Erkin Baxtiyorov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia