Eshitdik-da! Shohruh Gadoev faoliyatini O'zbekiston chempionatida davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2021
Avvalgi mavsumni Ozarbayjon chempionatida o'tkazgan o'zbekistonlik futbolchi Shohruh Gadoev jamoasini o'zgartirdi.

Endilikda yarim himoyachi faoliyatini AGMKda davom ettiradi. Qishki yig'in davomida olmaliqliklar mashg'ulotida ishtirok etayotgan Gadoev katta ehtimol bilan mavsumni shu jamoada boshlaydi. 

Ma'lumot o'rnida takidlash joiz, Shohruh Gadoev bunga qadar "Nasaf", "Al Muharrak", "Bunyodkor", "Buxoro", "Tedjon Sitizen" hamda "Keshlya" jamoalarida to'p tepgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia