Eshitdik-da! O'zbekiston MTJning yana bir asosiy himoyachisi Osiyo kubogida ishtirok etmasligi mumkin

Khoja
10 yanv 2024, 12:46
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Qatarda Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Championat.asia" yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, terma jamoamizning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanmish Hojiakbar Alijonov Osiyo kubogida ishtirok eta olmaydi. Avval o'yinlardan orttirib olgan jarohati himoyachimizga o'ynashga imkon bermasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov turnirda ishtirok etmasligi ma'lum bo'lgandi. Keyinchalik yana bir himoyachimiz Husniddin Aliqulov ham Qatarda jarohat olib, musobaqada ishtirok etishi so'roq ostida qolgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia