Eshitdik-da! OKMK gruziyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Administrator
30 iyun 2023, 22:04
Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, futbolchi OKMK safiga qo'shiladi.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, OKMK klubi gruziyalik futbolchi, "Dinamo Batumi" yarim himoyachisi Cotne Mosiashviliga qiziqish bildirmoqda. Olmaliqliklar Mosiashvilini yaqinda jamoani tark etgan Muhammad Ali Salemdan bo'shagan joyga (legionerlarga ajratilgan limit doirasidagi) olib kelishmoqchi. Ayni damda olmaliqliklar himoya va tayanch yarim himoya poziciyasiga munosib nomzod izlashmoqda.

Klub 28 yoshli Cotne Mosiashvili bilan muzokaralarni ijobiy yakunlasa, futbolchi OKMK safiga kelib qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia