

Ma'lumotlarga ko'ra, O'FA Lopesdan avval ikki ispaniyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqqan. Birinchisi - terma jamoa sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes hisoblanib, assotsiatsiya uning "Benfika" bilan shu yilning mart oyida shartnomani bekor qilganidan so'ng birinchilardan bo'lib bog'langan. Biroq taklif rad etilgan.
Shuningdek, tashkilot avgust oyida "Betis" bosh murabbiyi Bruno Garsiya bilan bitim tuzishga uringan. Biroq ispan klubi 2024 yilgacha imzolangan shartnoma bandiga ishora qilib (unda murabbiyning tovon puli 250 ming evro etib ko'rsatilgan), har qanday muzokarani rad etishini ma'lum qilgan.
Bruno Garsiya uchun Osiyo mamlakatlari begona emas. U ko'p yillar davomida Vetnam va Yaponiya futzal terma jamoalariga ustozlik qilgan.




