Eshitdik-da! "Navbahor" qiziqayotgan futbolchiga "Nasaf" ham taklif bilan chiqdi

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2024, 11:46
Superliga klublari tarkibni shakllantirish jarayonini davom ettirishmoqda.

20 iyul kuni "Navbahor" jamoasi 2 nafar futbolchiga jiddiy qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Navbahor" "Olimpik"ning 2 futbolchisiga jiddiy qiziqmoqda

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Olimpik" markaziy himoyachisi Shahzod Toirovga "Nasaf" jamoasidan ham taklif tushgan. "Ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning shaxsan o'zi Toirovni jamoasida ko'rmoqchi. Alibek Davronovning jarohati sabab "Nasaf" uchun hozir eng birinchi prioritet markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash. Qarshiliklar allaqachon futbolchi bilan aloqaga chiqishgan. 22 yoshli futbolchi ikki klubdan birini tanlaydi. "Navbahor" va "Nasaf" chempionlikni maqsad qilgan klublarimizdan, endi ular transfer oynasida ham o'zaro kurashishlariga to'g'ri keladi.

Ma'lumot uchun, Shahzod Toirov 1-davrada Superliga va O'zbekiston kubogida jami 10ta o'yinda maydonga tushdi hamda bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia