Eshitdik-da! "Metallurg" rahbariyatida iste'fo ro'y berdi

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024
Bugun "Metallurg" klubida katta majlis bo'lib o'tgan.

Majlisni zavod direktorining shaxsan o'zi o'tkazgan. Majlisda klub bosh direktori Shavkat Saidov o'z lavozimidan ozod etilgan. Akademiyani boshqarib kelayotgan Akmal Sharipov uning o'rniga vaqtincha direktor vazifasini bajaradi. Bu haqda "Championat.asia" jurnalisti Tolibjon Qosimov o'zining kanalida ma'lum qildi.

"Mendagi ma'lumotlarga qaraganda butun mavsum davomida deyarli g'alaba qozonmagan va mukofot puli ishlamagan "Metallurg" o'yinchilari va xodimlariga "Nasaf" va "Olimpik"ni mag'lub etishgani uchun mukofot pullari berilmasligi mumkin ekan. Zo'r-a, o'zi butun mavsum premiya berilmagan, oxiridayam bermay qo'ya qolishmoqchi", - deyiladi muallifning postida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia