

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Mashal" klubi asosiy posboni Rahimjon Davronov faoliyatini Namanganning "Navbahor" klubiga ko'chib o'tadi. Davronov hujjatlarni to'g'rilashga ulgursa, "Lochinlar" bilan birga 3 fevral kuni Turkiyaga uchib ketadi.
Ma'lumot uchun, Davronov 2018 yil U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'lgandi. 2020 yilgi Superligada Davronov 12ta "quruq" o'yin o'tkazib, bu borada "Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov bilan birga bu borada birinchi bo'ldi.


Superliga-2020. Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonlar



