

"Paxtakor" futbolchisi Farruh Sayfiev Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan kelishib oldi. Bu haqda saytimiz jurnalisti Narzulla Saydullaev o'z telegram kanalida ma'lum qildi. E'tiborlisi shundaki, Farruh Sayfievni "Paxtakor" bilan bir yillik shartnomasi mavjud edi, ammo "sherlar" futbolchini "Neftchi"ga qo'yib yuborishga qaror qilishgan.
Ma'lumot uchun, Farruh Sayfiev 1991 yil 17 yanvar kuni tavallud topgan. Transfermarkt portali ayni damda futbolchining transfer qiymatini 450 ming evroga baholagan.



