Eshitdik-da! "Andijon" mavsumni oxiriga etkaza olmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
26 avg 2020
Superliga ishtirokchisi "Andijon" klubi tarqalib kyetishi mumkin.

Xususiy klub hisoblangan "Andijon"da moliyaviy muammolar mavjud. Shu bois jamoa mavsumni oxiriga etkaza olmasligi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, "Andijon" 13-turni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazishi kerak.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, 27 avgust kuni "Paxtakor"ga qarshi o'yin o'tkazilmasligi ehtimoli yuqori bo'lib turibdi.

12 turdan keyin "Andijon" 6 durang va 6 mag'lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia