Ertaga "Andijon" klubi rahbariyati yig'ilish o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2020, 14:21
Ertaga, 3 yanvar kuni "Sog'lom Avlod" o'yingohida "Andijon" futbol klubi rahbariyatining yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Yig'ilishda jamoa kelajagi, oldinga qo'yilgan maqsadlar va rejalar haqida so'z boradi.

Siz aziz muxlislarni qiziqtirgan savollar bo'lsa, ertaga soat 10:00ga "Sog'lom Avlod" o'yingohiga tashrif buyurishingiz mumkin. Muxlislar uchun eshiklar ochiq", - deb yozadi "Andijon" klubi matbuot xizmati. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia