Errera "Manchester Yunayted"ni tark etishi deyarli aniq bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019, 11:51
"Manchester Yunayted" jamoa yarim himoyachisi Ander Erreraning moliyaviy talablarini bajarishga tayyor emas.

Oldinroq, 29 yoshli xavbek unga "Arsenal" va PSJ qiziqish bildirayotganini hisobga olib "qizil iblislar"dan mavsumiy maoshi 12 mln. evro bo'lgan bitim talab qilgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klubdagilar bu shartlarga rozi emas va Erreraning yozda MYUdan ketishi deyarli aniq bo'ldi. Agar shartnoma imzolanmasa, ispaniyalik futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Joriy mavsum Errera "Manchester Yunayted" safida 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph