Eron terma jamoasi Toshkentga 4 oktyabr kuni yetib keladi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2016, 13:24
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini Eronga qarshi o'tkazadi.

6 oktyabr kuni o'tkaziladigan ushbu o'yin, Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:00da start oladi.

Portugaliyalik Karlush Keyrush boshqarayotgan Eron milliy terma jamoasi ushbu o'yinni o'tkazish uchun Toshkentga 4 oktyabrda yetib kelishini ma'lum qildi.

Takidlash kerakki, JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichida o'tkazilgan ikki turdan keyin O'zbekiston terma jamoasi 6 ochko bilan "A" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Eron hisobida esa hozircha 4 ochko mavjud.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com