Erkinov “Torpedo”da nechanchi raqamda o'ynashi ma'lum. Moskvaliklar bugun RPL ilk turida maydonga chiqadi
Eldor Akmurzayev
17 iyul 2022, 09:00
“Torpedo” 2022/23 yilgi mavsum uchun ro'yxatdan o'tgan futbolchilarning qaysi raqamda o'ynashlarini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Hojimat Erkinov yangi jamoasida 22-raqam ostida harakat qiladi.
Darvoqe, bugun moskvaliklar RPL yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini o'z maydonida “Sochi”ga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.