“Erkak bo'lganingizda, uni menga qaytarib berasiz”. Joze Mourinyu “Roma” futbolchilariga murojaat qildi

Khoja
7 fev 2024, 11:35
“Roma”ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu klubni tark etgach, jamoa futbolchilari sovg'a qilgan Konferenciya ligasi g'olibligi uchun taqdim etilgan uzukni o'zi bilan olib kyetmadi.

Goal xabariga ko'ra, Mourinyu Lorenco Pellegrini shkafida uzukni qo'yib, xabar qoldirib ketgan. Murabbiy uzukning oldidagi suratga: “Erkak bo'lganingizda, uni menga qaytarib berasiz”, - deb yozib qoldirgan.

“Roma” Joze Mourinyuning iste'fosini 16 yanvar kuni e'lon qilgandi. Portugaliyalik Rim klubini 2021 yilning yozida qabul qilgandi. 2021/2022 yilgi mavsumda “Roma” Konferenciya ligasida g'olib bo'ldi. 2022/2023 yilgi mavsumda “bo'rilar” Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borgandi. Portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida “Roma” jami 96 ta o'yin o'tkazdi. Ularda rimliklar 44 marta g'alaba qozongan, 23 marta durang o'ynagan va 29 uchrashuvda mag'lub bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Goal