Endi rasman: Laporta Xavi yangi mavsumda ham "Barselona"da qolishini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
25 apr 2024, 16:19
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bugungi matbuot anjumanida Xavi yangi mavsumda ham Kataloniya klubi ustozi sifatida ishini davom ettirishini ma'lum qildi.

O'z navbatida, Xavi "Barsa"da yana bir mavsum qolishdan juda xursandligini yashirmagan. Hammamiz bu voqeadan mamnunmiz. Bu "Barselona" uchun ajoyib yangilik. Stabillik – muvaffaqiyatli loyihalar kalitidir.

Eslatib o'tamiz, Xavi yanvar oyida klubdan ketishini ma'lum qilgandi. Keyinchalik Joan Laporta Xavini klubda olib qolishga harakat qilishini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.fr