Endi kiberfutbol o'yinlarida sharhlovchi ham bo'ladi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2017, 13:45
O'zbekiston kiberfutol o'yinlari assotsiatsiyasi (UCFGA) o'z matbuot-kotibiga ega bo'ldi.

Assotsiatsiyaning ma'lum qilishicha, Jamoliddin Solihov endilikda UCFGA matbuot-kotibi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga Jamoliddin Solihov kiberfutbol bo'yicha O'zbekiston chempionati oliy liga uchrashuvlarini sharhlab boradi. Tashkilot prezidenti Azizbek Pattaxovning so'zlariga ko'ra, UCFGA Solihov bilan 2020 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzgan. Tez orada ushbu o'yinlarning sharhini video shaklida e'tiboringizga havola etamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia