
"Guruhimizda oson raqib yo'qligini avval ham aytganman. "Standart" o'tgan uchrashuvga qaraganda bu safar kuchliroq o'ynadi. Barcha futbolchilar katta tezlikda harakat qilishdi. Bugun shogirdlarimning o'yin darajasidan ko'nglim to'ldi. Ular xushtak chalingungacha bo'shashishmadi.
Hozir "Sevilya" birinchi o'rinda turishi juda muhim, ammo guruhimizda hammasi oydin bo'lgani yo'q. "Riek" va "Standart" jamoalari bilan bo'lgan durang maqsadimiz yo'lida halaqit bermaganidan xursandman" - deydi Emeri.