
"Rim" klubi Konferenciyalar Ligasiga yo'llanma olish uchun "Trabzonspor" to'sig'idan o'tishi kerak. Mazkur jamoalar o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv ertaga Trabzondagi "Shenol Gyunesh" nomidagi o'yingohda o'tkazilsa, javob bahsi 26 avgust kuni Rimda o'tadi.
Shu tufayli turk klubi haqida qisqacha ma'lumot berishga qaror qildik. "Trabzonspor" Turkiyaning 6 karra chempioni hisoblanadi. So'nggi chempionlik 1984 yila qo'lga kiritilgan. Ayni paytda "Qoradengiz bo'ronlari" tarkibida bir qator mashhur futbolchilar to'p tepadi.
Jervino (Kot-d'Ivuar) - 34 yosh, chap qanot vingeri. "Lill", "Arsenal", "Roma", "Parma" klublarida to'p tepgan.

Bruno Peres (Braziliya) - 31 yosh, himoyachi. "Sontos", "Torino", "Roma" singari klublara to'p tepgan.

Andreas Kornelius (Daniya) - 28 yosh, markaziy hujumchi. "Bordo", "Atalanta", "Parma" klublarida o'ynagan.

Marek Gamshik (Slovakiya) - 34 yosh, yarim himoyachi. "Napoli" va Slovakiya terma jamoasi tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi. Neapol klubida Maradonaning rekordini yangilagan.

Ma'lumot uchun, "Trabzonspor" - "Roma" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi. Mazkur bahs atrofidagi xabarlarni saytimiz orqali kuzatib boring.