Edin Jeko "Yuventus"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Tolibjon Qosimov
10 may 2017, 15:29
"Roma" hujumchisi Edin Jeko jarohat sabab katta ehtimol bilan A seriya 36-tur doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda Rim klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. Xabar qilinishicha, bosniyalik futbolchining chap oyog'ida jarohati bor.

Jeko joriy mavsum A seriyada 27ta to'p kiritgan va to'purarlar poygasini boshqarib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: asroma.it