

"Qaror qabul qilindi. Ushbu mavsum "Manchester Siti"da qolaman.
Pep bilan gaplashdim va bu hal qiluvchi rolni o'ynadi... Qolishdan mamnunman, to'liq e'tiborimni yangi titullarni qo'lga kiritishga qaratganman.
Shuningdek kengash a'zolari, direktorlar, jamoadagi sheriklar bilan gaplashdim va men qolaman", – dedi "Manchester Siti" darvozaboni.
Braziliyalik darvozabonning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.



