Edegor "Real"dan "Arsenal"ga o'tishga yaqin. Muzokaralar yakuniy bosqichda

Alisher
18 avg 2021, 07:28
"Real" va "Arsenal" yarim himoyachi Martin Edegorning transferini muhokama qilishmoqda.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Norvegiyalik futbolchining "Arsenal"ga to'laqonli asosda o'tish ehtimoli juda katta.

Qayd etish kerakki, 22 yoshli futbolchi bugun mashg'ulotda "Real"dagi sheriklaridan alohida shug'ullandi.

Edegor o'tgan mavsum "Arsenal"da ijara asosida o'ynadi. U APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

→ Edegor "Real"ning La Liganing yangi mavsumi uchun qaydnomasida yo'q

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As